Taranning “Dasht bo’rilari” nomli harbiy bo’linmasi o’nlab ukrainalik ko’ngillilardan iborat; ular 60 yoshdan yuqori.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyga 3 kunlik tashrifi yakunida Xitoyning Rossiyaga ko‘rsatayotgan yordami masalasiga to'xtaldi.
AQSh qo’shinlari Suriyani tark etsa, Suriya demokratik kuchlari qiyin ahvolga tushib qoladi, deydi tahlilchilar.
Turkiya portlaridan hozir Isroilga tijoriy kema qatnovi yo’q. Prezident Rajab Toyib Erdog’an G’azoda doimiy otashkesim bo’lsagina Isroil bilan savdo jonlanishini aytadi.
Demokratlar partiyasidagi progressiv qonunchilar ma’muriyat qarorini olqishlamoqda, respublikachilar, aksincha, tanqid qilmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligining bildirishicha, bu “Fransiya, Britaniya va AQShning Rossiya Federatsiyasiga nisbatan provokatsion bayonotlari va tahdidlari”ga javobdir.
Yevropa ittifoqiga kirish orzusidagi Gruziyada hukumatga qarshi namoyishlar avjida. Yoshlar yetakchiligidagi chiqishlarda o'qimishli qatlam faol qatnashib, ular tuzumni fikr va so'z erkinligini bo'g'ishga urinayotganlikda ayblamoqda.
Kremlga ko'ra, oila ichida bo’ladigan tushunmovchilik va zo’ravonliklarni oilaning o’zi hal qilishi kerak, huquq-tartibot organlari emas.
AQSh bu davlatlarning har biri bilan ikki tomonlama mudofaa shartnomalariga ega, biroq rasmiylarning aytishicha, Xitoyning mintaqadagi harakatlari ularni ko’p tomonlama birlashtirdi.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu agar Xalqaro jinoiy sud Isroil hukumati a’zolarini hibsga olishga order chiqarsa, bu “tarixiy miqyosdagi janjal”ga sabab bo’lishini aytdi.
AQSh Vakillar palatasida yaqinda taklif qilingan qonun loyihasi Xitoy hukumatiga nisbatan sanksiyalarni kengaytirishni ko'zlaydi. Maqsad - uyg'ur xalqini himoya qilish va buning uchun joriy etilgan choralarni kuchaytirish.
Isroil Moliya vaziri Bezalel Smotrich hamda Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir bayonot chiqarib, Netanyaxuni Rafah amaliyotidan voz kechmaslikka chaqirdi.
Ko'proq...