Prezident Mirziyoyev 8-may kuni Moskvada Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitida, 9-may kuni g’alaba paradida qatnashmoqda.
Germaniyada ro'yxatdan o'tgan Inson huquqlari uchun o'zbek forumi rahbari Umida Niyozova Farg'ona viloyatida monitoring olib borayotganida bosimga uchragan, deya bildirmoqda "Paxta kampaniyasi".
Boysun bahori... Bordingizmi? O'zbekistonning eng baland qismlaridan biri sanalmish bu hududda yillik xalqaro folklor festivalga qo'shni davlatlar va dunyoning boshqa qismlaridan may oyining birinchi haftasida 10 mingdan oshiq mehmon kelib ketibdi. Qariyb 630 ming odam festivalda bo'lgan.
Qirg'iziston kabi o'lkalarda Moskva yumshoq qudratini ishga solmoqda. Bu respublikada, qo'shni davlatlarga qaraganda, rus madaniyati va tiliga hurmat hali ham ancha yuqori.
2-qism: Yaqinda Toshkentga safar qilgan kongressmen Adam Smit AQSh Vakillar palatasida davlat xavfsizligi va qurolli kuchlari bo'yicha eng yuqori o'rindagi demokrat. Uning aytishicha, AQSh mintaqada harbiy baza ochmaydi, ammo terrorizmga qarshi ishonchli hamkorga muhtoj. O'zbekiston va Mirziyoyev?
1-qism: Demokrat Adam Smit mudofaa va xavfsizlik masalalari borasida Vakillar palatasida yetakchilardan. Yaqinda O'zbekistonda bo'ldi. "Amerika Ovozi" bilan suhbatda kongressmen Smit O'zbekiston bilan bugungi aloqalar va Markaziy Osiyodagi maqsadlarni tushuntirdi.
Demokrat Adam Smit deyarli 30 yildan beri AQSh Kongressi a'zosi. Vashington shtatidan saylangan qonunchi mudofaa va xavfsizlik masalalari borasida Vakillar palatasida yetakchilardan. Yaqinda O'zbekistonda bo'ldi. "Amerika Ovozi" bilan suhbatda u Markaziy Osiyodagi maqsad-manfaatlarni tushuntirdi.
O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari matbuot erkinligi eng cheklangan davlatlar qatorida qolmoqda. Tuzumlar jurnalistlarga bosim o'tkazishda Rossiyadan o'rnak oladi, deydi tadqiqotchilar.
AQSh Vakillar palatasida yaqinda taklif qilingan qonun loyihasi Xitoy hukumatiga nisbatan sanksiyalarni kengaytirishni ko'zlaydi. Maqsad - uyg'ur xalqini himoya qilish va buning uchun joriy etilgan choralarni kuchaytirish.
Markaziy Osiyo hukumatlarining Tolibon bilan munosabati so’nggi paytda jiddiy faollashgan.
Vashingtondagi aql markazlaridan biri bo'lmish Jeymstaun jamg'armasida Green+1 tashabbusi tanishtirildi. Unda e'tibor iqlim va atrof-muhit muhofazasida.
Londonda asoslangan "Xalqaro Amnistiya" yillik hisobotida Yevrosiyoni urush normallashgan hudud deb ataydi. Markaziy Osiyo esa har doimgidek huquq eziladigan mintaqa.
Ko'proq...